Oʻzbekiston internet tezligi boʻyicha jahonda 178-oʻrinda qayd etildi

Oʻzbekiston internet yuklanish tezligi boʻyicha eʼlon qilingan reytingda 189 davlat orasida 178-oʻrindan joy oldi. Bu haqda cable.co.uk xabar qilmoqda.

Foto: Mehr News Agency

Reytingga koʻra, Oʻzbekistonda internet yuklanish tezligi soniyasiga 0,76 Mbitni tashkil etadi. Bu MDH hududidagi mamlakatlar orasidagi eng past koʻrsatkich boʻlib, Tojikiston Oʻzbekistondan bir pogʻona yuqorida joylashgan (0,83 Mbit/s).

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qirgʻiziston reytingda 166- (0,98 Mbit/s), Turkmaniston 142- (1.4 Mbit/s) va Qozogʻiston 82-oʻrinni ((4 Mbit/s) egalladi.

Reytingda birinchi oʻringa Singapur (55,13 Mbit/s), 2-oʻringa Shvetsiya (40,16 Mbit/s), 3-oʻringa Tayvan (34,40 Mbit/s) loyiq deb topildi.

MDH davlatlari ichida 1-oʻringa Rossiya joylashdi – u 11,59 Mbit/s tezlik bilan 43-oʻrinda qayd etildi.

Dunyodagi eng sekin keng polosali internet esa Yamanda boʻlib, yuklanish tezligi 0,34 Mbit/sni tashkil etadi.

Reyting maʼlumotlarini solishtirish uchun misol ham keltirildi. Misolda koʻrsatilishicha, singapurlik foydalanuvchi hajmi 7,5 GB boʻlgan Full HD-filmni yuklab olish uchun 18 daqiqa 34 soniya sarflasa, yamanlik foydalanuvchiga buning uchun 2 kun 2 soatu 2 daqiqa 28 soniya kerak boʻladi.

Latest from Blog