Oʻzbekiston Havo yoʻllari Nyu-Yorkka uzluksiz parvozlarini boshlamoqda


Oʻzbekiston Havo yoʻllari Boeing 787 Dreamliner samolyotida Toshkentdan Nyu Yorkkacha birinchi uzluksiz parvozni 2017-yilning 27-iyul kuni amalga oshirilishini xabar qildi.

“Toshkentdan Nyu Yorkkacha transatlantik uzluksiz parvozlarni amalga oshirish, bu – Oʻzbekiston milliy aviakompaniyasi rivojlanishining yangi bosqichidir. Boeing 787 Dreamliner uchuvchilari ushbu ahamiyatli va uzoq kutilgan voqeaga jiddiy tayyorgarlik koʻrmoqda. Uchuvchi va shturmanlar Londan va Shanxaydagi trenajerlarda tayyorgarlikdan oʻtib, ayni damda kerakli hujjatlar va videomateriallarni oʻrganishmoqda”, — deyilgan kompaniya matbuot xizmati xabarida.

Toshkent – Nyu York yoʻnalishida uzluksiz parvoz 12 soat davom etadi, qaytib Toshkentga uchish – 11 soat. Oʻzbekiston Havo yoʻllari haftaga bir marotaba Riga orqali parvozlarni saqlab qoladi.

Ushbu yoʻnalish boʻyicha birinchi parvoz uchish kompleksi direktori oʻrinbosari Sergey Kim, instruktor uchuvchi LMO I. Zak va uchuvchilar otryadi komandiri Asadjona Tursunov ishtirokida amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida parvozlar oʻtgan yilning sentabr oyida boshlangan edi. Bugungi kunda “Orzu layner”larida Dubay, Deli, Amritsar, Stambul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapur shaharlariga parvozlar amalga oshirilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar