«Oʻzbekiston havo yoʻllari» Nyu-Yorkka parvozlar sonini oshirmoqchi

«Oʻzbekiston havo yoʻllari» Milliy aviakompaniyasi 5-apreldan boshlab Toshkent-Nyu-York-Toshkent yoʻnalishida ikkinchi muntazam qatnovni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Korrespondent uzbekistan 020
Foto: www.uzairways.com

Parvozlar payshanba kunlari Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida quyidagi jadval boʻyicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

HY-101 Toshkent 05:45 — Nyu-York 10:00

HY-102 Nyu-York 12:45 — Toshkent 09:25 (+1)

2018 yil 29 maydan 17 sentyabrga qadar esa, Nyu-Yorkka qatnovlar haftasiga uch marta amalga oshiriladi. Seshanba kunlari «orzu laynerlari»da quyidagi jadval boʻyicha bajariladi (mahalliy vaqt):

HY-101 Toshkent 05:45 — Nyu-York 10:00

HY-102 Nyu-York 12:45 — Toshkent 09:25 (+1)

Xabarda aytilishicha, hozirda «Oʻzbekiston havo yoʻllari» Milliy aviakompaniyasi Nyu-Yorkka Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida haftasiga bir marta — yakshanba kunlari yoʻlovchi qatnovlarini amalga oshirmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar