“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MDHda birinchi boʻlib Sifat menejmenti tizimi sertifikatidan oʻtib, xizmatlarining yuqori sifatini tasdiqladi

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasining 8 ta tarkibiy boʻlinmasi Oʻzbekiston va MDH mamlakatlarida birinchilardan boʻlib ISO 9001:2015 Sifat menejmenti tizimi sertifikatidan oʻtib, xalqaro talablarga javob beradigan xizmatlarining yuqori sifatini tasdiqladi.

Butun oʻtgan yil mobaynida «Toshkent», «Samarqand», «Buxoro», «Namangan», «Nukus», «Termiz», «Qarshi» aeroportlari va «Oʻzaviatexta’minot» MTTMda ISO 9001:2015 Sifat menejmenti tizimi standarti yangi talqini talablarini amalga tadbiq etish boʻyicha katta ishlar olib borildi. MAK mutaxassislari bir qator yangi hujjatlarni va talablarni ishlab chiqishib, amalga tadbiq etishdi, xodimlarni oʻqitishdi va sertifikatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtish uchun boshqa tadbirlarni bajarishdi. Barcha ishlar mustaqil ravishda, konsalting kompaniyalarini jalb etmagan holda oʻtkazildi. Oʻtkazilgan ishlarga MAK Parvozlar xavfsizligi inspeksiyasi rahbarlik qildi.

Aviakompaniya boʻlinmalari sifat boshqaruvi tizimining xalqaro talablarga muvofiqligini “Rus registri-Oʻrta Osiyo” sertifikatlash organi tasdiqladi va butun dunyoda tan olinadigan muvofiqlik sertifikatlarini topshirdi.

Hozirgi paytda MAKning yana 8 ta tarkibiy korxonalarida sifat menejmenti tizimi standarti yangi talqini talablarini amalga tadbiq etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda, ular ham shu yili sertifikatsiyadan oʻtishadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog