Oʻzbekiston harbiy orkestri moskvaliklarni lol qoldirdi

Moskvada «Spasskaya bashnya» (Spas minorasi) Xalqaro harbiy-musiqa festivali boshlandi. Undan dunyoning oʻnlab mamlakatidan harbiy orkestrlar ishtirok etmoqda, deb xabar qildi Uzlife.uz nashri.

26-avgust kuni Qizil maydonda boʻlib oʻtgan ochilish marosimida dunyoning 44 mamlakatidan 1500dan ortiq musiqachilar ishtirok etdi. Ushbu haqida videolavhamizni mana shu yerda  tomosha qilishingiz mumkin.

Ushbu festivalda Oʻzbekistondan Pavel Makarov boshchiligidagi Respublika Mudofaa vazirligi harbiy orkestri ham ishtirok etmoqda. Festival marosimi ochilishi oldidan oʻzbekistonlik musiqachilar Leningrad vokzalida musiqa ijro etib ommaning olqishiga sazovor boʻlishdi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar