Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiyaga safar qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya 2017-yil 25-26-may kunlari Qozon shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi. Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Sputnik O‘zbekiston

TIV matbuot xizmatining xabariga koʻra, yigʻilishda MDH doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini koʻrib chiqish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning mart oyida Abdulla Aripov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya poytaxti Moskva shahrida bir qator uchrashuvlar oʻtkazgan edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar