Oʻzbek-qirgʻiz chegarasidagi yana bir oʻtkazuv punkti ochildi

Kecha Namangan viloyatidagi «Kosonsoy» nazorat-oʻtkazuv punkti Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolarini chegara orqali har ikki yoʻnalish boʻyicha yana oʻtkazishni boshladi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

Foto: Nuz.uz

Endilikda fuqarolarning yuz kilometr yoʻl bosib Andijon viloyatidagi Doʻstlik chegara punktiga borishlariga hojat qolmadi.

Nazorat punktining ochilish marosimi katta tantanaga aylanib ketdi. Unda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston rasmiy vakillari, madaniyat va sanʼat ustalari, aholi ishtirok etdi.

Oʻzbekiston MXX Davlat chegarasini qoʻriqlash qoʻmitasi xodimlarining aytishlaricha, «Kosonsoy» punkti orqali har ikki tomonga kuniga 2 ming nafargacha kishi oʻtishi mumkin. Hozirda chegaradan oʻtkazish sinov rejimida olib borilmoqda. Chegarachilarning soʻzlariga koʻra, punkt tez orada toʻliq quvvat bilan ishlay boshlaydi.

«Kosonsoy» nazorat-oʻtkazuv punkti ertalab 7dan 18gacha ishlaydi. Chegaradan oʻtish uchun Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosining pasporti boʻlsa kifoya, boshqa hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

Chegara qoʻmitasi vakilining bildirishicha, hozircha faqat piyoda fuqarolar oʻtishi mumkin, keyinroq avtomobillarni oʻtkazish ham yoʻlga qoʻyiladi.

Aholining oʻzbek-qirgʻiz chegarasidan oʻtishi 2010-yilda amalda toʻxtatib qoʻyilgan, punkt cheklangan rejimda ishlardi.

Chegaralarni ochish haqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5-6-sentabr kunlari Qirgʻizistonga tashrifi davomida kelishib olingandi.

Shu yilning 6-sentabr kuni Andijon va Oʻsh viloyatlari oʻrtasidagi «Doʻstlik» nazorat oʻtkazuv punkti ochilgandi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar