Oʻzbek oʻgʻlonlari Suriyaga tinchparvar missiyaga yuborilishi mumkinmi?

Oʻzbekiston TIV rahbariga bir guruh onalar nomidan oʻzbek oʻgʻlonlari Suriya yoki boshqa, ayni vaqtda janglar ketayotgan davlatlarda tinchparvar missiyalarga yuborilishi mumkinmi, degan savol kelib tushdi. Bu haqda «Sputnik O‘zbekiston» xabar bermoqda.

Foto:  Reuters / Amar Abdullah

Eslatib oʻtamiz, yaqinda Rossiya Davlat Dumasining Mudofaa qoʻmitasi raisi Vladimir Shamanov RIA Novostiga Rossiyaning Qozogʻiston va Qirgʻiziston bilan Suriyaga qoʻshinlarni yuborish masalasida muzokaralar olib borayotganini xabar qilgan edi.

«Ayni damda muzokaralar olib borilmoqda. Rossiya harbiy politsiya xodimlari Suriyada tartibni saqlashda ishtirok etishi masalasi koʻrib chiqilmoqda. Shuningdek, Qozogʻiston va qirgʻizistonlik hamkasabalarimizni taklif qilish masalasi ham. Shunday niyat bor, lekin bu borada hali qaror qabul qilinmagan», — dedi Shamanov.

Bu xabarni eshitgan oʻzbekistonlik ayollarda mamlakat oʻgʻlonlari ham Suriyaga yuborilar ekanda, degan qoʻrquv paydo boʻlgan.

Kamilov Oʻzbekiston oʻz oʻgʻlonlarini Suriyaga yubormasligini maʼlum qildi.

«Mumkin emas», — dedi yuqoridagi savolga javoban vazir.

Kamilov, shuningdek, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻzlarining ilk nutqlarida Oʻzbekistonning siyosatdagi asosiy yoʻnalishlarini tushuntirib berganlarini eslatib oʻtdi.

Va oʻsha nutqda Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston oʻz farzandlarini tinparvarlik operatsiyalarga yubormasligini, shuningdek, harbiy bloklarga qoʻshilmasligini va oʻz hududida xorij harbiy bazalari qurilishiga yoʻl qoʻymasligi haqida aytib oʻtdi.

Shu bois, vazir Kamilov onalardan tinch boʻlishlarini hamda oʻz eʼtiborlarini farzandlarining taʼlim tarbiyasiga qaratishlarini soʻradi.

Shuningdek, soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston notinch davlatlar bilan ham, kelajakni oʻylagan holda, aloqalarni rivojlantirishga harakat qilayotganini aytib oʻtdi.

«Oʻzbekiston doʻstona xalq. Biz hech qachon Afgʻoniston bilan urushmaganmiz. Afgʻonistondagi urush — bu sovet agressiyasi natijasi. Afgʻoniston bilan urush qilish qarori qabul qilinganida, biz bunda ishtirok etmaganmiz», — dedi Kamilov.

«Biz oʻz manfaatimizni sotmaymiz, nima boʻlishidan qatʼiy nazar oʻz manfaatimizni qattiq turib himoya qilamiz. Qoʻshnilarni koʻndirib, kun tartibidagi nozik masalalarni hal qilishga harakat qilamiz», — qoʻshimcha qildi Kamilov.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar