Oʻzbek Gollivudi: Toshkentda zamonaviy kinematografiya majmuasi barpo etiladi

Toshkent shahrida kelgusi 3 yil ichida eng zamonaviy kinematografiya majmuasi barpo etiladi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston.

Foto: Sputnik Oʻzbekiston

Kinematografiya majmuasini barpo etish Oʻzbekiston prezidentining «Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasida koʻzda tutilgan. Yangi kinematografiya majmuasi «Oʻzbekkino» milliy agentligi negizida tashkil etiladi.

«Loyiha anchagina murakkab, «Oʻzbekkino» hududidagi koʻplab ob’yektlarni toʻliq rekonstruktsiya va modernizatsiya qilishni koʻzda tutadi. Ammo bu yerda doimiy ravishda filmlar suratga olinishi sababli qurilish ishlari ikki bosqichda, yaʼni 2018 va 2019-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu oʻzbek kinosi uchun xorijiy davlatlar darajasida boʻlgan eng zamonaviy baza boʻladi», — deb taʼkidladi suhbatdosh.

Yangi kinematografiya majmuasida oʻzbek kinochilari uchun oʻrta asrlar uslubida boʻlgan qadimiy shahar, anʼanaviy oʻzbek mahallasi hamda ikki yopiq maxsus binolar, kaskadyorlar maktabi, maxsus avtomashinalar uchun turargoh, mehmonxona, restoran va boshqa obʼyektlar quriladi.

Foto: Sputnik Oʻzbekiston

Mazkur qaror loyihasida milliy kinematografiya sohasining meʼyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, sohada faoliyat koʻrsatayotgan ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash, kinematografiya obʼyektlarini toʻliq rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kabi kino sanʼatini rivojlantirishning boshqa yoʻnalishlarini ham qamrab oladi.

Latest from Blog