Oʻrta Osiyo goʻzali tanlovida tojikistonlik qiz gʻolib chiqdi


Olma-otada 20-22-aprel kunlari boʻlib oʻtgan “Fashion house International” yosh isteʼdodlar koʻrik-tanlovida tojikistonlik Fotima Mirzoxonovna mutlaq gʻolib deb tan olindi deya xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Tojikistonlik yosh model koʻrik tanlovining “Super Model 2017,  “Oʻrta Osiyo goʻzali” nominatsiyalari boʻyicha gʻolib deb topildi. Shuningdek, gʻolibga 1000 yevrolik sovgʻa sertifikati hamda Monako va Moskvada boʻlib oʻtadigan konkurslarga taklifnoma topshirildi.

Koʻrik tanlovi tashkilotchisi Fashion House Kazakhstan va Fashion House (Rossiya)  kompaniyalari boʻlib, tadbir moda sohasida yangi talantlarni topib ularni Qozogʻiston va dunyo model hamda shou biznesiga kirishiga yordam berishdir.

Tadbirda ishtirok etgan modellar Rossiya va chet el reklama agentliklari va moda biznesi vakilari bilan shartnoma imzolash imkoniga ega boʻladi.

Latest from Blog