Oʻzbekistonda Turizm va sport vazirligi tashkil etildi

Foto: Interfax.uz

Prezidentning tegishli Farmoniga asosan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil qilindi, deya xabar berdi OʻzA.

Farmonga asosan, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:

  • Bosh vazir oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi lavozimi tugatildi;
  • Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri lavozimi kiritildi.

Eslatib oʻtamiz, fevralda prezident raisligidagi yigʻilishda Sport vazirligi Turizm qoʻmitasi bilan birlashtirilishi, bosh vazir oʻrinbosari, turizm qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov unga rahbar boʻlishi maʼlum qilingan edi.

Fikr bildirish

Latest from Blog