“Oʻztemiryoʻlnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi vafot etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi (“Oʻztemiryoʻlnazorat”) boshligʻi Bahodir Yusupov 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Bahodir Yusupov

B.Yusupov 1945-yil 22-iyunda tavallud topgan. 1968-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tamomlagan. Ilk mehnat faoliyatini Oʻrta Osiyo temir yoʻli Toshkent teplovoz zavodining oddiy ishchisi sifatida boshlab, oʻzining tirishqoqligi, mehnatsevarligi va talabchanligi bois tizim tasarrufidagi qator korxona va tashkilotlarda turli lavozimlardan, shu jumladan, muovin va keyinchalik rahbarlik lavozimlarida mehnat qilgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida Oʻzbekiston temir yoʻllari boshqarmasida boshqaruv raisining oʻrinbosari, soʻng birinchi oʻrinbosari-bosh muhandis lavozimlarida samarali faoliyat yuritdi.

B.Yusupov “Mustaqillik”, “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi” esdalik nishonlari, “Faxriy temiryoʻlchi” belgisi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan transport xodimi” faxriy unvonlariga sazovor boʻlgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog