“Oziq-ovqat sanoati sohasini boshqarish tizimini yana-da takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, quyidagilar:
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK tarkibidagi tashkilotlarning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga;
“Oʻzagroeksportbank” ATB va “Agrobank” ATB ustav kapitallaridagi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK ulushi Moliya vazirligiga bepul oʻtkazildi.
2021-yil 1-martga qadar Agentlikka oʻtkazilayotgan tashkilotlarning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushlari ommaviy savdolarga qoʻyiladi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning tegishli qarori bilan “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK tugatilgan.