Foto: Andreas Gebert / Bloomberg

Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari yanvar oyidan buyon ilk bor oʻsdi

//

Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari 1-may holatiga koʻra 34,1 mlrd dollarni tashkil qildi, deya maʼlumot bermoqda Markaziy bank. Bu aprel oyiga nisbatan 1,5 mlrd dollarga koʻpdir.

Eslatib oʻtamiz, 1-aprel holatiga koʻra Oʻzbekistonning sof xalqaro oltin-valyuta zaxiralari 32,6 mlrd dollarni tashkil etgan edi.

Zaxiralar yanvar oyidan beri birinchi marta oʻsishga erishdi. Bunga asosiy sabab oltin narxining tushishdan toʻxtagani boʻldi.

Zaxiradagi oltinlarning umumiy miqdori esa 9,5 tonnaga oshib, 11,2 mln unsiyadan — 11,7 millionga yetdi.

Maʼlumot uchun, zaxiralar mamlakat uchun “xavfsizlik yostigʻi” hisoblanadi va ular tashqi taʼsirlarga qarshi bufer vazifasini bajarib beradi. Amaldagi zaxiralar 20 oydan ortiq importni moliyalashtirish uchun yetarli boʻlib, bu rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan koʻrsatkichdan ancha yuqori.

Latest from Blog