Foto: Repost.uz

Oʻzbekistonliklar korrupsiya faktlari haqida maxsus sayt orqali xabar berishlari mumkin boʻladi

Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash agentligi eanticor.uz maxsus veb-saytini ishga tushirdi.

Maʼlumotlarga koʻra, maxsus sayt yordamida poraxoʻrlik faktlariga duch kelgan foydalanuvchilar oʻz murojaatlarini yuborishlari mumkin boʻladi. Har bir shikoyat vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqiladi.

Bundan tashqari, portalda “Men davlat tashkilotining halol xodimi bilan uchrashdim” boʻlimi mavjud. Bu murojaatlar yordamida Agentlik boʻlimlar, viloyatlar va tumanlar reytingini tuzishi mumkin boʻladi.

Hozirda sayt sinov rejimida.

Latest from Blog