Foto: Toshkentdagi AQSh Elchixonasi

Oʻzbekistonlik oʻquvchilar FLEX dasturi doirasida AQSh maktablarida oʻqish uchun joʻnab ketishmoqda

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum 2006-yildan buyon AQShga ketayotgan birinchi FLEX (Boʻlajak liderlar almashinuvi) dasturi ishtirokchilariga oq yoʻl tiladi. Maktab oʻquvchilari boʻlgan bu ishtirokchilar 2021-2022-oʻquv yili davomida Amerika maktablarida oʻqishadi hamda Amerikadagi mezbon oilalar bilan birga yashashadi.

Boʻlajak liderlar almashinuvi (FLEX) dasturi 1993-1994-yillarda sobiq senator Bill Bredli tomonidan AQSh va Yevrosiyo mamlakatlari oʻrtasida uzoq muddatli tinchlik va oʻzaro tushunishni taʼminlash maqsadida tuzilgan va yoʻlga qoʻyilgan. Dastur xorijlik yoshlarga AQSh va amerikaliklar bilan bevosita tanishish imkonini beradi, shu bilan birga u Yevrosiyo madaniyati va mamlakatlarini amerikaliklarga tanishtiradi. Bugunga qadar 22 mamlakatdan kelgan 29 000 dan ortiq oʻquvchi FLEX dasturi bitiruvchisi ekanligidan faxrlanadi

1993-yildan beri Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika Kengashlari FLEX dasturiga Oʻzbekistondan 947 nafar ishtirokchini yubordi. Qoʻshma Shtatlarda FLEX ishtirokchilari yetakchilik koʻnikmalariga ega boʻladilar, Amerika jamiyati va qadriyatlari bilan tanishadilar, amerikaliklarga oʻz mamlakatlari va madaniyatlarini oʻrgatadilar. FLEX talabalari AQSh jamiyatida jamoat ishlarida ishtirok etadilar va oʻz mamlakatlari vakili vazifasini bajaradilar. Ularning koʻpchiligi dastur davomida orttirgan mahorat va gʻoyalardan foydalangan holda oʻz mamlakatlarida innovatsion loyihalarni ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar. FLEX dasturi ishtirokchilari dunyoning tabiatan qiziquvchan va gʻayratli fuqarolaridir.

FLEX – katta tanlov va oʻquvchilarning oʻqishdagi muvaffaqiyatiga asoslanib AQSh Davlat departamenti moliyalashtiradigan dastur boʻlib, u Armaniston, Ozarbayjon, Chexiya, Estoniya, Gruziya, Gretsiya, Vengriya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Latviya, Litva, Moldova, Moʻgʻuliston, Chernogoriya, Polsha, Ruminiya, Serbiya, Slovakiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va Oʻzbekistonda faoliyat olib boradi. Har yili 35 000 dan ortiq oʻquvchi FLEX stipendiyasini olish uchun bir nechta test sinovlarida qatnashadi, bu ularga bir oʻquv yilida Qoʻshma Shtatlardagi mezbon oilada yashash hamda AQSh maktablarida oʻqish imkonini beradi.

Latest from Blog