Foto: Interfax.uz

Oʻzbekistonga Rossiyadan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

Respublika Gidrometeorologiya markazi ertaga, 18-aprel kuni va kelgusi haftada kutilayotgan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Ertaga Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 22-24 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-14, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, togʻoldi va togʻli tumanlarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining 2000 metrdan baland boʻlgan togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-9, kunduzi 14-19 daraja iliq boʻladi.

Latest from Blog