/

Oʻzbekistonga charter reyslarini amalga oshirish tartibini joʻnlashtiruvchi tizim ishga tushirildi

Foto: Interfax.uz

Oʻzbekistonga charter reyslarini amalga oshirishga ariza topshirish uchun onlayn tizim ishga tushirilgan.

Transport vazirligi maʼlumotiga koʻra, “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan xorijiy davlatlarning fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlariga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiya aerodromlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun soʻrovlarni rasmiylashtirish va ruxsat berishning elektron tizimi ishlab chiqilgan.

“Ushbu elektron platformaning yaratilishi ariza beruvchiga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishga onlayn soʻrovlarni berish, “Oʻzaviatsiya” agentligining “Uzbekistan airports” AJ va “Oʻzaeronavigatsiya” markazi DUK bilan soʻrovlarni qayta ishlashda tezkor hamkorlik qilish, soʻrovlarni koʻrib chiqish muddatlarini esa 24 soatgacha qisqartirish imkonini beradi”, deyilgan vazirlik xabarnomasida.

Transport vazirligi mazkur platforma joriy yil 15-fevralidan sinov rejimida ishlay boshlaganini bildirgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog