Oʻzbekistonga 1-oktabrdan xorijlik sayyohlar kelishni boshlaydi

Respublika aeroportlarida, temir yoʻl stansiyalarida va chegara punktlarida shaxslar va transport vositalarini harakatlanishiga ruxsat berilayotganligi munosabati bilan xalqaro turizmni tashkil etishga nisbatan qoʻllanilgan cheklovlar bekor qilindi.

sayyohlar
readtiger.com

Shu bilan birga, turizmni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida turistik kompaniyalarga turistlarni olib kelish bilan bogʻliq yengilliklar taqdim etilmoqda.
Oʻzbekistonga xorijiy davlatlar fuqarolari boʻlgan turistlarni olib kelish faoliyati bilan shugʻullanayotgan turistik firmalar ular tomonidan mamlakatimizga turistik guruh (5 kishidan kam va 15 kishidan ortiq boʻlmagan va turli kasalliklar, jumladan, Covid-19 qamrab oladigan toʻliq sugʻurtasi boʻlishi sharti bilan) sifatida tashkil etilayotgan turizm sayohatlarini amalga oshirishdan avval turistlarni PZR test tekshiruvidan oʻtkazilishini taʼminlashi lozim.

Bunda PZR test tekshiruvi natijasi manfiy boʻlgan turistlarga nisbatan 14 kunlik karantinda saqlash boʻyicha cheklov qoʻllanilmaydi, ular Oʻzbekistonga kirishda koronavirusga tekshirilmaydi.

Turist Oʻzbekistonga kirib kelgan vaqtda unda koronavirus alomatlari boʻlsa, u oʻtkazish punktida oʻz hisobidan koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan oʻtishi lozim.

Test musbat chiqsa, sayyoh oʻz hisobidan karantinga olinib, davolanishdan oʻtadi yoki oʻz mamlakatiga qaytadi.

Xorijiy turistlar Oʻzbekistonda mavjud karantin cheklovlari va sanitariya talablariga qatʼiy rioya etgan holda harakatlanishlari lozim. Bu boradagi talablar bajarilishi turistik firmalar zimmasiga yuklatildi.

Latest from Blog