Oʻzbekistonda yer kodeksiga o‘zgartirish kiritiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Foto: Xabar.uz

Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 23-moddasi (Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) toʻrtinchi qism bilan toʻldiriladi.

Unga koʻra, yangi foydalanishga kiritiladigan yerlarning ijara huquqi elektron auksion asosida sotiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Moddaning toʻrtinchi–oltinchi qismlar tegishincha beshinchi–yettinchi qismlar deb hisoblanadi.

24-moddaning (Yer uchastkasi ijarasi) oʻninchi qismi “Yer uchastkalarini ijaraga berish” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek yangi foydalanishga kiritiladigan yerlarning ijara huquqi elektron auksion asosida sotish” degan soʻzlar bilan toʻldiriladi.

Yaʼni, yer uchastkalarini ijaraga berish, shuningdek yangi foydalanishga kiritiladigan yerlarning ijara huquqi elektron auksion asosida sotish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog