Oʻzbekistonda yana 174 kishida koronavirus aniqlandi

SSV ma’lumotiga berishicha, 2020-yil 8-sentyabr soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44 281 (+174) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 152 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 74 yoshli I.U. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 71 yoshli M.I. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 131 nafar, Toshkent viloyatida 74 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Namangan viloyatida 6 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 41 825 (+231) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 098 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog