Foto: Anadolu Agency

Oʻzbekistonda qariyb 900 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 5 nafar bemor vafot etdi

/

2021-yil 15-avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 143918 (+877) nafarni tashkil etmoqda. 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 981 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, 2021-yil 15-avgust kuni 479 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 18395 nafarga yetdi. Kecha ularning 475 nafari sogʻayib, umumiy sogʻayganlar soni 10977 nafarni tashkil qilmoqda. 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 123 nafarga yetdi.

Latest from Blog