Oʻzbekistonda oltita bank xususiylashtiriladi – prezident farmoni

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020–2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisidagi Farmonni imzoladi. Hujjat matni OʻzAda eʼlon qilingan.

Milliy bank va AQSh Eksimbanki oʻrtasida hamkorlik tiklandi ...
Foto: Korrespondent.uz

Hujjatga koʻra, asosiy oʻzgarishlar:

Davlat ulushi boʻlmagan banklar aktivlari hissasi hozirgi 15 foizdan 2025 yilga kelib 60 foizgacha oshiriladi. 2025 yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga xorijiy investorlar jalb qilinadi.

“Ipoteka-bank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Asaka” banki, “Aloqabank”, “Qishloq qurilish bank” va “Turonbank” dagi davlat ulushlari bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi (sotiladi).

“Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki”, “Agrobank” va “Mikrokreditbank” ustav kapitallarida davlat ulushi saqlab qolinadi.

Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan banklarning tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog