Oʻzbekistonda masjidlar soni yana bittaga koʻpaydi

Samarqandda yangi masjid roʻyxatdan oʻtkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Machit
islom.uz

Qayd etilishicha, shu kungacha Oʻzbekistonda 2292 ta diniy tashkilot faoliyat yuritib kelayotgan boʻlsa, ulardan 2074 tasini masjidlar tashkil qilardi.
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2020-yilning 17-sentabrida “Yangiobod” jome masjidi 321-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi natijasida Oʻzbekistonda masjidlar soni 2075 taga yetdi.
Maʼlum qilinishicha, masjid Samarqand shahar “Mashʼal” MFYda joylashgan. Maʼlumot uchun, shu kunga qadar, Samarqandda jami 808 ta nodavlat notijorat tashkiloti va 309 ta diniy tashkilot roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 287 ta islomiy yoʻnalishdagi va 22 ta noislomiy yoʻnalishdagi diniy tashkilotlar hisoblanadi.
Avvalroq Yuqori Chirchiq tumani, Olmaliq shahri, Surxondaryo viloyatida yangi masjid ochilgani maʼlum qilingandi.
Shu bilan birga, Samarqandda 7,5 ming namozxonga moʻljallangan viloyatdagi eng katta masjid qurib bitkazilgani xabar berilgan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog