Foto: Ingle blog - Ingle International

Oʻzbekistonda koronavirusga chalinish holati boʻyicha yana yangi kunlik antirekord oʻrnatildi

/

Oʻzbekistonda 24-mart kuni 138 kishida COVID-19 aniqlandi. Ulardan 111 nafari Toshkent shahrida. Bu 2020-yilning shu kunigacha boʻlgan eng yuqori koʻrsatkich boʻldi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi 25-mart kuni xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 24-mart holatiga koʻra, koronavirus yuqqanlar soni 81 816 kishiga yetdi. Bemorlardan 80 143 nafari tuzaldi. Rasman bildirilishicha, 623 bemor vafot etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1 049 nafar bemordan 191 nafari ogʻir, 85 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻzbekistonda 14-martdan boshlab koronavirusga chalinganlar soni keskin oʻsa boshladi. Oʻsha kuni 2021-yil hisobidan ilk antirekord qayd etilgan – koronavirusga chalingan yuzdan ortiq odam aniqlangan.

Latest from Blog