Oʻzbekistonda bolalar orasida kasallik necha yoshlilar oraligʻida koʻp uchramoqda? AOKA’da o’tkazilgan brifingda ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova javob berdi.
“Oʻzbekistonda bolalar orasida kasallik 7-18 yoshgacha boʻlgan bolalarda koʻp uchramoqda.
Umumiy kasallanish koʻrsatkichining 55 foizini bolalar tashkil etadi”, dedi Abdusamatova.