Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 45 ming nafarga yaqinlashdi

SSV maʼlum qilishicha, 2020-yil 9-sentyabr soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44781 (+224) nafarni tashkil etmoqda.

Oʻzbekistonda koronavirus
RIA

Yangi kasallanish holatlarining 204 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 56 yoshli E.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 59 yoshli Z.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 167 nafar, Toshkent viloyatida 69 nafar, Samarqand viloyatida 9 nafar, Namangan viloyatida 8 nafar, Fargʻona viloyatida 5 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Andijon viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 42162 (+264) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 2255 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog