Foto: Mudofaa sanoati qo‘mitasi

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan yangi zirhli texnika sinovdan oʻtkazilmoqda

Oʻzbekiston mudofaa sanoati boʻyicha davlat qoʻmitasi Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar buyurtmasiga muvofiq Tarlon yengil zirhlangan avtomobilini sinovdan oʻtkazishni boshladi, deya xabar qildi qoʻmita matbuot xizmati.

Mazkur avtomobil Mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan boʻlib, zamonaviy talablarga javob beradigan kuch tuzilmalari vazirlik va idoralarining bir guruh mutaxassislari tomonidan qoʻshinlar sinovidan oʻtkazilmoqda.

Ushbu tadbirlarning dastlabki bosqichida Tarlonʼning ballistik himoyasi belgilangan standartlar asosida tekshiriladi, yurish va turli toʻsiqlardan oʻtish qobiliyati respublikamiznining togʻ-adir va kesishgan zonalarida sinovdan oʻtkaziladi.

Barcha gʻildiraklari yetakchi boʻlgan yoʻltanlamas 300 ot kuchiga ega boʻlib, 11 nafargacha kishini sigʻdiradi, zirhli poʻlatdan tayyorlangan himoya sinfi SNG GOST (4 Br) va NATO Stanag (3+ daraja) xalqaro standartlariga javob beradi. Bir martalik zaxira yoqilgʻi bilan 750 km gacha masofani bosib oʻta oladi.

Mashina kolonnalar, sanitar tashishlarni qoʻriqlash va ularga hamrohlik qilish, muhandislik, radiatsion, kimyoviy va biologik razvedka olib borish, oʻt ochishni qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan.

Latest from Blog