Oʻzbekistonda gepatit B kasalligini aniqlash uchun PZR test yaratiladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi Hayʼatining navbatdagi yigʻilishida vazirlik tomonidan eʼlon qilingan ilmiy loyihalar tanlovlari doirasida qabul qilingan hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar tomonidan maʼqullangan loyihalar koʻrib chiqildi. Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov raislik qilgan yigʻilishda ilmiy loyihalar muhokama qilinib, ularni moliyalashtirish yoki moliyalashtirmaslik toʻgʻrisida qarorlar chiqarildi.

Grant gʻoliblari Hayʼat aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan aniqlandi.

Xususan, ushbu grant asosida Oʻzbekistonda 2 yil mobaynida gepatit B virusi DNK sini gibridizatsion-fluoretsent deteksiya usulida aniqlash uchun mahalliy PZR test-sistemasi ishlab chiqilishi tasdiqlandi.

Latest from Blog