Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: Ixtiyor Rahmon / Korrespondent.uz

Unga koʻra, ertaga, 8-sentyabrdan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 274 soʻm 17 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 4 soʻm 9 tiyinga qimmatlagan.

1 yevro kursi 12 162 soʻm 56 tiyinga baholanib, 69 soʻm 11 tiyinga arzonlashdi.

Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 3 soʻm 31 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 136 soʻm 28 tiyin etib belgilangan.

Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.

Fikr bildirish

Latest from Blog