Foto: Xs.uz

Oʻzbekistonda ayrim xotin-qizlarni hokimliklar va OTM hisobidan oʻqitish tartibi joriy etiladi

Qarorga koʻra, 2021-yil mobaynida har bir hududda asosan xotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan klasterlar faoliyati tajriba sifatida joriy etiladi.

“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni samarali yuritish, ishsiz fuqarolarga bandlik sohasida tizimli yordam koʻrsatish maqsadida har bir mahallada mehnat inspektoriga “jamoatchi yordamchi”lar jalb etiladi.

“Jamoatchi yordamchi”lar bilan 11 oy muddatgacha jamoat shartnomalari tuziladi hamda ularning ish haqi mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir yarim baravari miqdorida belgilanadi.

Qarorga koʻra, tegishli kasb-hunar taʼlim muassasalarining boʻsh turgan qismi tadbirkorlarga 30 yilgacha muddatga imtiyozli ijaraga beriladi.

Shunga koʻra, xotin-qizlar tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng 3 oy mobaynida ularga berilgan boʻsh turgan binolarning ijara toʻlovlari BHMning 10 baravarigacha (2 mln 450 ming soʻmgacha) miqdorda toʻlab berilib, shuningdek, boʻsh turgan binolarni 1 yilgacha muddatda imtiyozli ravishda ijaraga berish tartibi joriy etiladi.

2021/2022 oʻquv yilidan bazaviy toʻlov-kontrakt asosida davlat OTMga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat OTM hisobidan oʻqitish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlab, xorijning nufuzli taʼlim muassasalariga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari asosida oʻqishga yuboriladigan stipendiatlar orasida xotin-qizlar ulushi kamida 20 foizga koʻpaytiriladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar