Oʻzbekistonda Afgʻoniston harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyot halokatga uchradi

Oʻzbekiston mudofaa vazirligi dushanba kuni Afgʻoniston havo kuchlariga tegishli samolyot Oʻzbekistonda qulab tushgani haqida xabar qildi.

Unga koʻra, hodisa Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida (mamlakat janubida, Afgʻoniston bilan chegaradosh) 15-avgust kuni kechqurun sodir boʻlgan. Parashyut bilan sakragan Afgʻoniston hukumatining bir askari yaralangan.

Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, hodisa oʻrganilmoqda.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarning oʻzbek segmentida Afgʻoniston Harbiy-havo kuchlarining nishoni tushirilgan samolyot qismlari aks ettirilgan fotosuratlar va video kadrlar tarqatilgan edi.

Latest from Blog