Foto: interfax.uz

Oʻzbekistonda 1,5 yil ichida 99, 9 foiz notariuslar davlat notariusi maqomidan yangi maqomga oʻtdi

Bugun, 22-sentyabr kuni lotin notarial modeliga asoslangan Xalqaro notariuslar ittifoqining Oʻzbekistonga 3 kunlik tashrifi boshlandi.

Tashrif avvalida xorijiy delegatsiya Notarial palata rahbariyati va Boshqaruv kengashi aʼzolari bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda Notarial palata raisi Dilshod Ashurov qisqa davr ichida Oʻzbekistonda notariat sohasi tubdan yangilanganligi, 1,5 yil ichida 99, 9 foiz notariuslar davlat notariusi maqomidan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar maqomiga oʻtganligi, notariat sohasini raqamlashtirish tobora takomillashib borayotganligi, oʻtkazilayotgan islohotlar tufayli notariuslarning aholiga huquqiy xizmat koʻrsatishi hamda aholiga har tomonlama qulayliklar yaratilgani haqida prezentatsiya namoyish qildi.

Latest from Blog