Oʻzbekistonda 1-oktabrdan kirib-chiqishlar yoʻlga qoʻyiladi

2020-yil 1-oktabrdan mavjud karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga aviatsiya, temir yoʻl va avtoyoʻl oʻtkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berildi. Avval joriy qilingan cheklovlar bekor qilinadi.

1-oktabrMasʼul idoralarga chet davlatlar mutasaddi idoralari bilan muzokaralar oʻtkazib, barcha turdagi xalqaro qatnovlar (avia, temir yoʻl, avtobus qatnovlari) sonini koʻpaytirish boʻyicha topshiriq berildi.

Oktabrdan boshlab, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afgʻoniston bilan chegarada joylashgan avtoyoʻl oʻtkazish punktlari orqali Oʻzbekistonga kirayotgan shaxslar koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan oʻtgan holda 14 kunga mehmonxona yoki uy karantiniga yuboriladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog