Oʻzbekiston xorijga 7,1 ming tonnadan ziyod qovun eksport qildi

Joriy yilning 1-sentabr holatiga koʻra Oʻzbekiston xorijga qiymati 14,7 million AQSH dollariga teng boʻlgan 38,5 ming tonna qovun eksport qilgan.

qovun
kun.uz

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatimizda yetishtirilgan qovunlar 16 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan. Mazkur davlatlar orasida Qozogʻiston (13,1), Qirgʻiz Respublikasi (12,4) va Rossiya Federatsiyasi (5,0 ming tonna) yuqori ulushga ega.

Qayd etish joiz, bu yil Niderlandiya, Moldova, Chexiya va Gruziya davlatlariga birinchi bor qovun eksport qilingan.

Maʼlumot oʻrnida, eksport qilingan mazkur qovun mahsulotining eng koʻp ulushi Jizzax (7,6 ming tonna), Andijon (7,1 ming tonna), Fargʻona (5,1 ming tonna), Namangan (4,6 ming tonna) va Sirdaryo (4,0 ming tonna ) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keldi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog