Oʻzbekiston xalqaro armiya oʻyinlarida uchinchi oʻrinni egalladi

Xalqaro armiya oʻyinlarida qatnashgan 30 mamlakat orasida Oʻzbekiston harbiylari uchinchi oʻrinni egallashdi. Mamlakat terma jamoasi 3 ta musobaqada gʻolib chiqdi va yana 11 ta musobaqada sovrinli oʻrinlarni egalladi.

Foto: Mudofaa vazirligi

VI Xalqaro armiya oʻyinlarida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari umumiy jamoaviy hisobda uchinchi oʻrinni egallashdi. Musobaqa 23-avgustdan 5-sentyabrgacha davom etib, 30 mamlakatdan 160 ta jamoa oʻrtasida boʻlib oʻtdi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Avval xabar berilganidek, terma jamoa uchta musobaqada gʻolib boʻldi: “Sodiq doʻst”, “Yoʻl patruli” va “Harbiy-tibbiy estafeta”.

Oʻzbekiston jamoasi “Qoʻshin razvedkasi aʼlochilari”, “Harbiy ralli”, “Otliq marafon”, “Elbrus halqasi”, “Xavfsiz marshrut”, “Artilleriya olovi ustasi”, “Qurolsoz usta” va “Merganlar marrasi” musobaqalarida ikkinchi oʻrinlarni egalladi.

Mamlakat terma jamoasi “Dala oshxonasi”, “Xavfsiz muhit” va “Avtozirhli tanktexnika ustasi” musobaqalarida ham uchinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Oʻtgan yili harbiylar 32 mamlakat jamoalari bilan jami 14 yoʻnalishda bellashishdi. Shulardan ikkitasida birinchi, toʻrtta ikkinchi va beshta uchinchi oʻrinlarni egallashdi, va bu ularga umumiy jamoaviy tasnifda beshinchi oʻrinni egallashga imkon berdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog