Foto: Turkiston viloyati hokimligi matbuot xizmati

Oʻzbekiston Turkistonda 5 ming kishilik masjid quradi

//

Oʻzbekiston Turkistonda 5 ming oʻrinli noyob masjid quradi. Bu loyihaning amalga oshirilishi Turkiston xalqiga sovgʻa sifatida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Islom markazining umumiy maydoni 20 ming kvadrat metrni tashkil etadi va masjid poydevorini mustahkamlash uchun maxsus texnologiya ishlab chiqilgan. Obyektning oʻziga xosligi arxitektura, interyer va eksteryer dizayni sharqona uslubda namoyon boʻladi.

“Bunday diqqatga sazovor joyning qurilishi — qoʻshni Oʻzbekistonning Turkistonga sovgʻasi, uni kelasi yili yakunlash rejalashtirilgan”, — deyiladi Qozogʻiston Turkiston viloyati hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, yangi loyiha ilgʻor jahon tajribasini hisobga olgan holda har tomonlama oʻrganilgan. Masjid 2022-yilgacha ishga tushishi rejalashtirilgan.

Latest from Blog