Oʻzbekiston Tojikistonga mahsulotlar eksporti hajmini oshirdi

Joriy yilning 1-sentabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi savdo aylanmasi 317,0 mln AQSH dollarini tashkil etgan. Bunda eksport ulushi 255,1 mln AQSH dollari va import hajmi 61,9 mln AQSH dollariga teng.

Davlatstatistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, sakkiz oy mobaynida Tojikistonga amalga oshirilgan eksport hajmi oʻtgan yilning mos davriga solishtirilganda 65,1 mln AQSH dollariga koʻp.

Maʼlumot oʻrnida, eksport tarkibida xizmatlar (72,1 mln), kimyoviy vositalar va ulardan olinadigan mahsulotlar (42,9 mln), oziq-ovqat mahsulotlari (38,9 mln), energiya va neft mahsulotlari (28,8 mln), qora metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar (20,4 mln) va boshqa mahsulotlar 52 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog