Oʻzbekiston «sputnik»ka ega boʻlish yoki uni ijaraga olishni rejalashtirmoqda

Foto: Yandex.uz

Qonunchilik palatasida “Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherboyev telegram kanalida maʼlum qildi.

“Qonun loyihasi fazoviy maʼlumotlarni yaratish va foydalanish hamda Fazoviy maʼlumotlar milliy infrastrukturasini yaratish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish sohalaridagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasini yaratish, uning amal qilishi va uni rivojlantirish sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi etib Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, katografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi etib belgilanmoqda.
Mazkur qonun qabul qilinishi natijasida kelgusida Oʻzbekiston fazoviy yoʻldoshga ega boʻlish yoki mavjudlari bilan ijara asosida ishlashni hal etishni rejalashtirgan”, deb yozadi deputat.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog