Oʻzbekiston Rossiyada yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinani hali sotib ololmaydi — Mutaxassis

Rossiya davlati bilan vaksinani olib kelish boʻyicha ishlar olib borilyaptimi? Oʻzbekistonda ham vaksinani ishlab chiqish mumkinmi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova javob berdi.

Foto: yandex.ru

Hozirgi kunda Prezidentimiz topshiriqlariga binoan, vaksinani xarid qilish va mamlakatimiz aholisini emlashni amalga oshirish yoʻllarini oʻrganib chiqish maqsadida yetakchi olimlar va tajribali shifokorlardan iborat ishchi guruhi tuzilgan.

COVID-19 vaksinasining klinik sinovlarining barcha bosqichi yakunlanmagunicha mamlakat uni sotib ololmaydi.

Vaksina sinovlarining barcha bosqichlari oʻtganidan keyingina xalqaro sertifikatlashtirish amalga oshiriladi.

U qaysi davlat yoki laboratoriya boʻladi, bu hozircha nomaʼlum.

Koronavirusga qarshi ishlab chiqarilgan vaksinalarni har tomonlama oʻrganib, Oʻzbekistonda ishlatish boʻyicha ishchi guruh xulosa bersa vaksinani olib kelish, ishlatish tartiblari va muddatlari belgilanadi.

Oʻzbekistonda vaksina ishlab chiqish masalasi nechogʻlik ahamiyatli. Vaqt kutib turmaydi. Vaksinani ishlab chiqarish, uni klinik sinovlardan oʻtkazish uchun vaqt talab qilinadi. Uni Oʻzbekistonda ishlab chiqargandan koʻra, tayyor vaksinani ishlatgan maʼqul.

Rossiya Sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko vaksina ikkita maydonda – Gamalei markazi va «Binnofarm» zavodi tomonidan ishlab chiqariladi.

Keyinroq RFPI rahbari Kirill Dmitriyev Fond vaksinani yiliga 500 mln doza ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan 5 ta mamlakat bilan shartnoma imzolagan”, dedi Abdusamatova.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog