Foto: BOL News

Oʻzbekiston Qozogʻistondan goʻsht va sut mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berdi

/

Oʻzbekiston Qozogʻistondan goʻsht mahsulotlarini olib kirish boʻyicha joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Qozogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 2021-yil 19-martdan boshlab Qozogʻiston Respublikasidan tirik parrandalarni (shu jumladan, dekorativ qushlar) inkubatsion tuxum, patlar, parranda goʻshti, tuxum va boshqa turdagi parrandachilik mahsulotlari, shuningdek qushlarni saqlash, soʻyish va kesish uchun ishlatilgan uskunalarni olib kirish va tranzit qilish boʻyicha ilgari kiritilgan vaqtinchalik cheklovlarni olib tashladi”, — deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, tirik hayvonlar, xom goʻsht va undan olinadigan mahsulotlar, sut va sut mahsulotlarini (ishlov berilmagan) olib kirish va tranzit qilishda cheklovlar bekor qildi. Bundan tashqari, Qozogʻistonning Akmola viloyati va Chimkent shahridan genetik material, jun, soch, ichak xomashyosi, teri, shuningdek hayvonlarni saqlash va soʻyish uchun ishlatilgan uskunalarni olib kirishga ruxsat beriladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston hukumati oʻtgan yil 25-sentyabrida kuydirgi kasalligi aniqlanganligi sababli Qozogʻistonning sut va goʻsht mahsulotlarini olib kirishga cheklovlar kiritgandi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar