Oʻzbekiston Ozarbayjon va Armanistonni nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilishga chaqirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi.

“Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi munosabatlaridagi keskinlikning oshishi Oʻzbekiston Respublikasida jiddiy tashvish uygʻotmoqda.

Oʻzaro qarama-qarshilik chogʻida harbiy kuchning ishlatilishi ikki tomondan ham koʻplab insonlarning qurbon boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Oʻzbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida raislik qilayotgan davlat sifatida MDH hududida doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari va oʻzaro ishonchni mustahkamlash, bahsli masalalarni xalqaro huquq normalariga qatʼiy mos ravishda tinch yoʻl bilan hal qilinishining muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasini harbiy harakatlarni tezda toʻxtatishga hamda mojaroni suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillariga rioya qilgan holda tinch yoʻl bilan bartaraf etish maqsadida diplomatik muzokaralarni boshlashga chaqiramiz”, deyiladi bayonotda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog