Oʻzbekiston nufuzli IDUAI forumiga taklif etilgan ikki mamlakatdan biri boʻldi

28-29-sentabr kunlari Xalqaro axborotdan umumiy foydalanish kuni (The International Day for Universal Access to Information, IDUAI) ni nishonlashga bagʻishlangan “Jonni omon saqlab, ishonchni mustahkamlab, umid bagʻishlab axborot olish” mavzusida yuqori darajali onlayn muhokama boʻlib oʻtadi.

Unda YUNESKO bosh direktori Odri Azule, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, YUNESKO ishlari boʻyicha milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov va boshqalar ishtirok etadi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar bermoqda.

Tadbir Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Xalqaro arxivlar kengashi, BMT Taraqqiyot dasturi, “Twitter” ijtimoiy tarmogʻi, “Ochiq hukumat” hamkorligi tashabbusi, “Transparency International” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi kabi yetakchi tashkilot va tuzilmalarning rahbariyati ishtirokida oʻtkazilmoqda.

“Shu oʻrinda Oʻzbekiston bu kabi nufuzli forumga taklif qilingan ikki mamlakatdan biri ekanini taʼkidlash muhim. Bu Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan shaffoflik va erkin fikrlilikni taʼminlash yoʻlida olib borilayotgan siyosat natijasida mamlakatimizda roʻy bergan oʻzgarishlar eʼtirofdir”, deyiladi xabarda.

Fikr bildirish

Latest from Blog