Oʻzbekiston milliy terma jamoasi xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Shu kunlarda Rossiyaning Ufa shahrida regbi boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtmoqda. Butun dunyo boʻylab uzoq davom etgan pandemiya davridan soʻng ilk marta tashkil etilayotgan ushbu musobaqada Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi
minsport.uz

“Kuni kecha sportchilarimiz xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Rossiyaning Ufa shahriga yetib borishdi. Musobaqa turli davlatlardan qatnashayotgan ishtirokchilar uchun ham uzoq muddatli tanaffusdan soʻng dastlabkisi boʻlmoqda.

Terma jamoamiz aʼzolari ushbu musobaqada munosib qatnashish maqsadida Toshkent viloyati, Angren shahrida joylashgan “Yangiobod” oʻquv-mashgʻulot bazasida soʻnggi tayyorgarlik yigʻinini oʻtkazdi.

Maʼlumki, keyingi yillarda mamlakatimizda regbini yana-da rivojlantirish, uni respublika aholisining keng qatlamlari oʻrtasida faol targʻib qilish va ommalashtirish, yuqori sifatli oʻquv-mashgʻulot bazasi bilan taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Umid qilamiz sportchilarimiz ham xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib bunga munosib javob qaytarishadi” deyiladi vazirlik xabarida.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog