Foto: culturepartnership.eu

“Oʻzbekiston milliy kinofondi” tashkil etiladi

Prezidentning “Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish toʻgʻrisida” qarori imzolandi.

Qarorga muvofiq, kinematografiya agentligi huzurida:

  • Oʻzbekiston Kinematografiya akademiyasi;
  • byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan “Oʻzbekiston milliy kinofondi”;
  • xususiy kinokompaniyalarga film, multfilm va seriallar yaratish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi “Oʻzbekfilm” kinokonserni” tashkil etiladi.

Moliyalashtirish manbaidan qatʼiy nazar, mahalliy kinokompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan filmlar va ularning boshlangʻich materiallari, shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan yirik loyihalar boʻyicha tayyorlangan video va foto materiallar saqlash uchun bir nusxada Oʻzbekiston milliy kinofondiga topshiriladi

Shu bilan birga, “Multiplikatsion filmlar studiyasi”, “Respublika kinoprokat markazi” va uning hududiy filiallari, “Kinematografchilar uyi”, “Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi” faoliyati tugatildi.

“Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi” DUK “Yoshlik kinostudiyasi” DUK etib qayta nomlandi.

Mazkur qaror bilan 2021−2022-yillarda milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Latest from Blog