Oʻzbekiston madaniyat vaziri: “Gavhar Sharipova ruhan nosogʻlom edi”

Bugun Madaniyat vazirligi hamda OAV xodimlari ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida vazir Baxtiyor Sayfullayev jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi. Bu haqda Korrespondent.uz nashri xabar berdi.

Vazir madaniyat muassasalari, xususan, teatrlarda yaratilgan sharoitlar, xodimlarning ish haqlari miqdorlari bosqichma-bosqich oshirilayotgani haqida toʻxtalayotib, aktrisa Gavhar Sharipova oʻlimi atrofida tarqalgan gap-soʻzlarga ham munosabat bildirdi.

“Haqiqatdan ham teatr aktyorlarining oyliklari juda oz edi. Hozirda esa madaniyat va sanʼat vakillarining maoshi 45 foizga oshirildi. Bugun, Gavhar Matchonovaning “men ham Gavhar Sharipovaga oʻxshab oʻlib ketsam kerak”degan har xil gaplarini oʻqib qoldim. Lekin, rahmatli Gavhar Sharipovaning ruhiy tushkunlikka tushib borishiga teatr yoki undagi atrof muhit sabab emas. Men buni ochiq aytaman. Kechirasizlaru, Gavhar Sharipova haqiqatdan ham ruhan nosogʻlom edi” deydi Madaniyat vaziri.

Avvalroq, aktrisa Gavhar Sharipova 19-noyabrga oʻtar kechasi Qashqadaryo viloyatida yoʻl-transport hodisasi oqibatida vafot etgan haqida xabar qilingandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog