Oʻzbekiston jami eksport ulushining 50 foizini oltin eksporti tashkil etmoqda

Oʻzbekiston 8 oyda qiymati 5,8 mlrd AQSH dollariga teng boʻlgan oltin sotdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga 147,2 foizini tashkil etib, 1,8 mlrd AQSH dollariga koʻp.

Oltin eksporti jami eksport ulushining 50 foizini tashkil etmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston jahonning 160 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan sakkiz oy mobaynida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 24,5 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 mlrd AQSH dollariga kamaygan.

Tashqi savdo aylanmasida eksport 11,6 mlrd AQSH dollari, import hajmi 12,9 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlib, tashqi savdo aylanmasi saldosi -1,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog