Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Oʻzbekiston qiymati 459,3 million AQSH dollariga teng boʻlgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qilgan. Bu 2019-yilga nisbatan 136,4 mln. AQSH dollariga koʻp.
Oʻzbekiston tayyor kiyim-kechaklarni eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
- — Rossiya – 247,2 mln.
- — Qirgʻiz Respublikasi – 170,6 mln.
- — Qozogʻiston – 17,5 mln.
- — Ukraina – 4,9 mln.
- — Tojikiston – 4,8 mln.
- — Moldova – 2,6 mln.
- — Belarus Respublikasi – 2,3 mln.
- — Italiya – 2,0 mln.
2020-yilda xorijga eng koʻp tayyor kiyim-kechak eksport qilgan hududlar:
- — Andijon viloyati – 143,6 mln.
- — Toshkent viloyati – 102,7 mln.
- — Toshkent shahri – 55,6 mln.
- — Namangan viloyati – 48,5 mln.
- — Xorazm viloyati – 17,8 mln.
- — Samarqand viloyati – 17,2 mln.