Foto: Flickr / Sean Long

Oʻzbekiston Germaniyaga 2,4 mln. AQSH dollariga teng meva va sabzavotlar eksport qilgan

/

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston qiymati 186,0 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-aprel oylarida meva va sabzavotlarni eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

  • Qozogʻiston – 41,4 mln.
  • Rossiya – 37,0 mln.
  • Xitoy – 24,3 mln.
  • Pokiston – 20,0 mln.
  • Qirgʻiz Respublikasi. – 15,7 mln.
  • Afgʻoniston – 10,7 mln.
  • Ukraina – 4,3 mln.
  • Turkiya – 4,0 mln.
  • Ozarbayjon – 3,6 mln.
  • Turkmaniston – 3,3 mln.
  • Belarus R. – 2,6 mln.
  • Germaniya – 2,4 mln.
  • AQSH – 2,3 mln.
  • BAA – 2,0 mln.
  • Tojikiston – 2,0 mln.
  • Iroq – 1,5 mln.
  • Boshqalar – 8,7 mln. AQSH dollari.

Ushbu davrda mamlakat 327,9 ming tonna meva va sabzavotni eksport qilgan:

  • meva va rezavorlar – 34,3 ming tonna
  • quritilgan meva va rezavorlar – 23,1 ming tonna
  • sabzavotlar – 263,0 ming tonna
  • qalampir – 5,4 ming tonna
  • uzum – 2,0 ming tonna
  • mayiz – 14,5 ming tonna
  • yeryongʻoq – 8,4 ming tonna
  • tarvuz-qovun – 309,8 tonna

Latest from Blog