Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Hukumatning “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (28.09.2020-yil. 592-son) qabul qilindi.

fuqaroligi

Unga koʻra:

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda:

davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinov imtihonini tashkil etish va oʻtkazishning shaffof va ochiq tartibi;

davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinov imtihonini oʻtkazish boʻyicha imtihon komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash;

davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinov imtihoni natijalarini eʼlon qilish hamda davlat tilini bilish boʻyicha malaka sertifikatini berish tartibi oʻz aksini topdi.

Uch oy muddatda:

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida masofadan turib elektron tarzda murojaat qilish hamda davlat tilini bilish toʻgʻrisidagi malaka sertifikatini QR-kod (matrix shtrixli kod) bilan tasdiqlagan holda elektron tarzda olish tizimini joriy etishi belgilandi.

Ikki hafta muddatda:

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinovlarni oʻtkazish uchun hududiy imtihon komissiyalari tarkibi tasdiqlanishini hamda zaruratga qarab yangilab borilishini taʼminlash vazifasi yuklatildi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog